Logo

JCH-2026. Urugvay Kabo-Verdeni mag‘lub etolmadi, Misr Yangi Zelandiyadan ustun keldi

Bugun 07:552 daqiqa

Yana ikki guruhda 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

JCH-2026. Urugvay Kabo-Verdeni mag‘lub etolmadi, Misr Yangi Zelandiyadan ustun keldi

Jahon chempionatida yana ikki guruhda 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

N guruhida Urugvay (2) va Kabo-Verdega (2) o‘rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi. E’tiborlisi, orol jamoasi ilk turda Ispaniyadan (0:0) ham ochko olgandi.

Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Ispaniya (4) Saudiya Arabistonini (1) tor-mor etgandi — 4:0.

G guruhida Misr (4) Yangi Zelandiya (1) ustidan irodali g‘alabaga erishib, pley-off sari katta qadam tashladi. Guruhning birinchi o‘yinida Eron (2) Belgiya (2) bilan durangga erishgandi — 0:0.

JCH-2026. 2-tur. 21-iyun
N guruhi
Urugvay — Kabo-Verde 2:2
Gollar:
Araujo (44), Kanobbio (45+6) — Lenini (21), Varela (61)..
Urugvay — Muslera, Varela, Kaseres, Olivera, Sanabria, Ugarte (de la Kruz, 70), Bentankur, Kanobbio, Valverde, Araujo (Rodriges, 81), Vinas (Nunes, 70).
Kabo-Verde — Vozinya, Moreyra, Roberto Lopes, Borxes, Kabral Lopes, Lenini (L.Duarte, 71), Arkanjo (D.Duarte, 46), Mendesh, Monteyro (Semedo, 80), Rodriges (Varela, 58), Benshimol (da Koshta, 58).
Ogohlantirishlar: Kabral Lopes (5), Bentankur (20), Olivera (58), Borxes (90+3).

G guruhi
Yangi Zelandiya — Misr 1:3
Gollar:
Syorman (15) — Ziko (58), Saloh (67), Trezege (82).
Yangi Zelandiya — Krokombe, Payne (Bindon, 85), Syorman, Boksal, Kakache (Randall, 76), Bell, Stamenich, Makkovatt (Old, 76), Singh (Tomas, 76), Jast (de Vris, 85), Vud.
Misr — Shobeyr, Hani, Ibrohim, Fathi (Rabia, 41), Fatuh, Attia, Lashin, Ziko (Abdulkarim, 76), Saloh (Abdulmajid, 85), Ashur (Zizu, 85), Marmush (Trezege, 76).
Ogohlantirishlar: Lashin (17), Singh (20), Makkovatt (34).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid

JCH-2026. Urugvay Kabo-Verdeni mag‘lub etolmadi, Misr Yangi Zelandiyadan ustun keldi | Vaqt.uz