JCH-2026. Ispaniya Saudiyaga 4 ta gol urdi, Oyarsabalda dubl
18 yoshli Yamal mundiallardagi ilk golini urdi.

Jahon chempionatida N guruhida 2-tur o‘yinlari boshlandi.
Ilk turda kutilmaganda durang qayd etgan Ispaniya (4) bu safar Saudiya Arabistonini (1) ayab o‘tirmadi. Yamal turnirdagi debyut golini urdi, Oyarsabal dublni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan soat 03:00da Urugvay (1) Kabo-Verdega (1) qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. N guruhi. 2-tur
Ispaniya — Saudiya Arabistoni 4:0
21-iyun. Atlanta
Gollar: Yamal (10), Oyarsabal (21, 24), At Tambakti (49, avtogol).
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Pedri (Ruis, 70), Rodri, Yamal (Pino, 46), Olmo (Merino, 61), Baena (Uilyams, 61), Oyarsabal (Torres, 46).
Saudiya Arabistoni — Al Ovays, Abdulhamid, At Tambakti, Lajami, Al Amri (Haji, 60), Al Harbi, Nosir Ad Dovsari (Al G‘annam, 90), Al Haybari (Kanno, 46), Al Juvayr (Al Hamdan, 46), Al Buraykan (Ash Shamat, 60), Salim Ad Dovsari.
Ogohlantirishlar: Salim Ad Dovsari (30), Kanno (60).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





