add

Bodrumda ta’til o‘tayotgan Ramzan Qodirov dengizga cho‘kib ketay dedi

25.07.2025 | 09:008043

Turkiyaning Bodrum shahrida ta’til o‘tayotgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov dengizda cho‘milish chog‘ida g‘arq bo‘lish xavfiga duch keldi. U qutqarilgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Bodrumda ta’til o‘tayotgan Ramzan Qodirov dengizga cho‘kib ketay dedi
Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumanida dam olishi ta’tilda bo‘lib turgan paytida dengizga cho‘kishiga bir baxya qoldi. Hodisa shaharning Qaynar hududida joylashgan besh yulduzli mehmonxona sohilida yuz bergan, deb yozmoqda Turkiyaning GZT.com nashri. Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, Ramzan Qodirov dengizga tushgan va bir paytda o‘zini yo‘qotib, suv yuta boshlagan. Buni ko‘rgan atrofdagi mehmonxona xodimlari zudlik bilan uni qutqarishga tushishgan va  tibbiy xizmatlarga murojaat qilishgan. Sohil qutqarish xizmati va tez yordam guruhlari voqea joyiga qisqa fursatda yetib kelib, Qodirovga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan. Unga dastlabki yordam sohilda ko‘rsatilgan va shundan so‘ng u maxsus shifoxonaga yetkazilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirovning hayotiga xavf soluvchi holat kuzatilmagan. Shifoxonada qisqa muddat kuzatuv ostida bo‘lgan Checheniston rahbarining ahvoli hozirda barqaror holatda. Bu voqea rasmiylar tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, mahalliy manbalar uning haqiqiyligi haqida xabar bermoqda. Qodirovning ta’tili davomida yuz bergan bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid