add

Britaniya Rossiyaga qarshi sun’iy intellekt bilan kiber kurash boshlaydi

29.05.2025 | 19:4049363

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi raqamli frontda yangi qadam tashladi. Mamlakat mudofaa vazirligi sun’iy intellekt va xakerlar ishtirokida kiber operatsiyalarni amalga oshirish uchun milliardlab funt ajratmoqda.

Britaniya Rossiyaga qarshi sun’iy intellekt bilan kiber kurash boshlaydi
Mudofaa vaziri Jon Xili ma’lum qilishicha, kiber tahdidlarga qarshi kurashish va raqib davlatlarga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan yangi «Kiber va elektromagnit qo‘mondonlik» tashkil etiladi. Bu bo‘lim sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan hujumkor amaliyotlar bilan shug‘ullanadi. «Telegraph» nashri yozishicha, qo‘mondonlik Britaniyaning kiber sohadagi tajovuzkor strategiyasiga asos bo‘ladi. Ammo uning aniq vazifalari va ish usullari sir saqlanishi aytilmoqda. Xilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus Rossiya kabi raqiblarga qarshi kurashda yangi imkoniyatlar yaratadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda Rossiyaga qarata qilingan kiber hujumlar keskin ortgan. “Solar” kompaniyalar guruhi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida Rossiyadagi veb-saytlarga qilingan hujumlar soni 801 millionga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobar ko‘p. Hujumlar asosan logistika, davlat idoralari va bank sektorlariga yo‘naltirilgan. Britaniyaning bu kabi harakatlari xalqaro kiber muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Rossiya tomonidan hozircha rasmiy munosabat bildirilmagan.

Teglar

Mavzuga oid