
Bu hafta O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
06.10.2025 | 14:0035733
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, joriy hafta mamlakat bo‘ylab quyoshli va iliq ob-havo hukmron bo‘ladi. Harorat ayrim hududlarda +32 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Bu hafta O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo oktyabr boshlariga xos holda barqaror va quruq kechishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lumot berdi.
Dushanba kuni yomg‘ir yog‘maydi, havo harorati respublikaning ko‘p qismlarida kunduzi +20…+25 daraja, shimolda +17…+22 daraja, tog‘li hududlarda +15…+20 daraja bo‘ladi. Tunda esa shimolda +2…+7 daraja, janubda +10…+15 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.
Seshanba-chorshanba kunlari ob-havo deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Har kuni harorat o‘rtacha 1 darajaga ko‘tarilib boradi. Payshanba va juma kunlari cho‘l va janubiy hududlarda harorat +30…+32 darajagacha, boshqa viloyatlarda +28 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Dam olish kunlariga borib, Turkmaniston hududlaridan issiq havo oqimlari kirib kelishi natijasida harorat yanada ko‘tariladi. Shanba va yakshanba kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va quyoshli ob-havo hukmron bo‘ladi, janubiy viloyatlarda esa harorat +35 darajagacha yetishi mumkin.
Xorijiy ob-havo markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu hafta harorat ko‘p yillik me’yorlarga yaqin bo‘ladi. Ayrim joylarda biroz sovuq, boshqa hududlarda esa nisbatan iliq muhit saqlanishi taxmin qilinmoqda.





