add

Buxoroda Minorai Kalon yaqinidagi oshxonada yong‘in chiqdi

19.08.2025 | 10:0026982

Buxoro markazidagi tarixiy obida yaqinidagi oshxonada yong‘in kuzatildi, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar berilmagan.

Buxoroda Minorai Kalon yaqinidagi oshxonada yong‘in chiqdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 19 avgust kuni soat 00:45 da Buxoro shahri Zarafshon mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli oshxonaning ikkinchi qavatida yong‘in boshlangani haqida xabar tushgan. Hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetkazilgan. Ular olovga tezkorlik bilan javob qaytarib, 00:49 da manzilga yetib borgan va 00:53 da yong‘inni o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. Olov to‘liq 01:50 da bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida taxminan 100 metr kvadrat maydonda oshxonaning tom qismi zarar ko‘rgan. Vazirlikning qayd etishicha, hodisa oqibatida insonlar tan jarohati olmagan. Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar mazkur voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Buxoroda Minorai Kalon yaqinidagi oshxonada yong‘in chiqdi | Vaqt.uz