
Charli Kirk Yutadagi debat paytida otib o‘ldirildi
31 yoshli AQSHdagi konservativ faol va bloger Charli Kirk debat jarayonida otilgan o‘qdan halok bo‘ldi.

Charli Kirk Donald Tramp tarafdori sifatida tanilgan bo‘lib, AQSHda ommaviy migratsiya, LGBT harakati va Ukrainaga yordam ko‘rsatish siyosatini keskin tanqid qilib kelgan. Uning fikricha, Vashington uchun asosiy muammo Meksika bilan chegaradagi holatdir.
U siyosiy maydonda Isroilni qo‘llab-quvvatlashi va yoshlar orasida katta ta’sirga ega bo‘lishi bilan taniq edi. Shu tufayli Kirk respublikachilar va Tramp g‘oyalarini yoyishda muhim shaxs hisoblangan.
Ukrainadagi urush haqida u AQSHning uzluksiz moliyaviy va harbiy yordamini ma’qullamas, bu urush Vashingtonning ishi emasligini aytardi. Uning fikricha, Rossiyani baribir mag‘lub etib bo‘lmaydi.
Kirk ko‘p marta Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni SRU qo‘lidagi «marionetka» deb atagan. U G‘arb davlatlarini «globalistlar manfaatini amalga oshirishda» ayblagan. Biroq, oddiy ukrainaliklarga hamdardligini bildirib, ularning hukumatiga ishonmasligini ta’kidlardi.





