add

«Chegara bilmas shifokorlar»: sulh G‘azodagi falokatni bartaraf etmadi

24.10.2025 | 21:007312

Tashkilot ma’lum qilishicha, sulhga qaramasdan, G‘azoda kasalliklar, suv tanqisligi va antisanitariya holati saqlanib qolmoqda. Isroil blokadasi esa insonparvarlik yordamini yetkazishga to‘sqinlik qilyapti.

«Chegara bilmas shifokorlar»: sulh G‘azodagi falokatni bartaraf etmadi

«Chegara bilmas shifokorlar» (CHBSH) tashkiloti o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganiga qaramay, G‘azodagi gumanitar vaziyat keskinligicha qolayotganini ma’lum qildi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, millionlab aholi hali ham og‘ir turmush sharoitiga duch kelmoqda. O‘ta xavfli sharoit saqlanib qolayotgan sektor janubidagi kichik bir hududda bir milliondan ortiq odam tirikchilik qilishga majbur.

«O‘t ochish to‘xtatilganiga qaramay, G‘azodagi og‘ir turmush sharoiti odamlar salomatligiga zarar yetkazishda davom etmoqda», - deya ta’kidladi tashkilot.

CHBSH Isroil armiyasi tomonidan fuqarolik infratuzilmasi va sog‘liqni saqlash tizimining vayron qilinishi kasalliklarning tarqalishiga zamin yaratganini ta’kidladi.

«Isroil hukumati G‘azoga gumanitar yordamning to‘siqsiz yetkazilishiga zudlik bilan ruxsat berishi kerak. Sulhga qaramay, G‘azo aholisi azob chekishda davom etmoqda, chunki Isroil tomonidan olib borilgan ikki yillik genotsid kampaniyasi qish yaqinlashishi bilan ularni jarohatladi, yarador qildi va hayotlarini xavf ostiga qo‘ydi», - deyiladi bayonotda.

Tashkilot suv, sanitariya, uy-joy va oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rilmasa, qurbonlar soni o‘sishda davom etishi haqida ogohlantirdi.

G‘azodagi CHSHB favqulodda vaziyatlar koordinatorining ma’lum qilishicha, bir necha bor uylarini tark etishga majbur bo‘lgan oilalar qo‘lbola chodirlarda va maktablarda yashamoqda.

«Odamlar ochiq osmon ostida vayronalar, axlat, go‘ng va oqava suvlar orasida uxlaydi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», - dedi u.

CHSHB tibbiy koordinatori Adi Nadimpallaning ta’kidlashicha, to‘yib ovqatlanmaslik, antisanitariya va og‘ir turmush sharoiti odamlar salomatligiga halokatli zarba bermoqda.

«G‘azo aholisi, ayniqsa, bolalar yashash sharoiti tufayli kasal bo‘lmoqda», - dedi u.

Teglar

Mavzuga oid