
Dam olish kunlari havo iliq bo‘lib, mayin shamol esib turadi
Hafta oxirida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonda quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +7 darajagacha iliq, kunduzi +17…+22 daraja iliq bo‘ladi. Bu noyabr oyining o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 3-5 daraja yuqori ko‘rsatgichdir.
Shuningdek, sharqdan juda mayin shamol esib turadi.
Toshkent shahrida bo‘lsa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +4…+6 daraja iliq, kunduzi +18…+20 daraja iliq bo‘ladi.




