add

Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanadi

04.07.2025 | 11:401713

5-8 iyul kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan quruq, biroz bulutli va shamolli ob-havo hukm suradi. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat +32...+46 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo barqaror, shamol 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +32...+37 daraja atrofida bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida 5-6 iyul kunlari shamol ayrim joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 5 iyul kuni havo +38...+43 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda biroz pasayib, +34...+39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shamol 5-6 iyul kunlari ayrim joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 5 iyul kuni +38...+43 darajagacha, keyingi kunlarda +34...+39 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol 13-18 m/s gacha yetishi mumkin, chang-to‘zonlar kuzatiladi. 5 iyul kuni harorat +41...+46 daraja bo‘lib, keyingi kunlarda biroz pasayadi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5-6 iyul kunlari +37...+42 daraja, 7-8 iyul kunlari esa +33...+40 daraja oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Shamol asosan sharqdan, ba’zi joylarda kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Respublika tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, shamol 7-12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +28...+35 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid