add

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

27.06.2025 | 13:0010413

O‘zbekistonda 28-30 iyun kunlari barcha hududlarda asosan iliq va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Shamol ayrim hududlarda kuchayishi va changli havo kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
O‘zgidromet agentligi xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ob-havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan soatiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +31...+36 daraja atrofida bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo barqaror bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ob-havo asosan ochiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esishi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va changli havo kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 darajaga yetadi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 28 va 30 iyun kunlari ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham havo barqaror bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid