add

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

Bugun 15:052 daqiqa

Juma va shanbaga o‘tar kechasi respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi© Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 16-18-yanvar kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun kunduzi va shanba kuniga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, asta-sekin qorga aylanadi) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi.

Shanba kuni kunduzi respublika bo‘yicha barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

Bugun kunduzi havo harorati +5...+8 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqqacha pasayadi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-yanvarda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 16-yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat +6...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +1...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid