add

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun 12:242792 daqiqa

O‘zbekiston bo‘ylab 13–14-dekabr kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 13–14-dekabr kunlari respublika hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda yog‘ingarchilik, tuman va kuchli shamol kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 13-dekabr kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-dekabrda esa yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arb tomon o‘zgarib, tezligi sekundiga 7–12 metr bo‘ladi, 14-dekabrda ba’zi hududlarda sekundiga 13–18 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 0...–5 daraja sovuq, kunduzi +3...+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 13-dekabr kuni kunning ikkinchi yarmida, 14-dekabrda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi ayrim hududlarda kuchayadi. Kunduzgi harorat 13-dekabrda +10...+15 daraja iliq bo‘lsa, Navoiy viloyatining shimolida havo nisbatan sovuqroq saqlanadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 13–14-dekabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +9...+14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham 13–14-dekabr kunlari yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kechasi havo +2...+7 daraja iliq, kunduzi esa +11...+16 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 13-dekabr kuni kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14-dekabrda ham yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib qoladi. Havo harorati kunduzi +8...+13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha, kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid