
Dollar kursi kelgusi yillarda qanday bo‘ladi?
S&P agentligidan so‘ng Yevroosiyo taraqqiyot banki ham kelgusi yillarda O‘zbekistonda dollar kursi bo‘yicha o‘z prognozlarini e’lon qildi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) kelgusi yillarda O‘zbekistonda dollar kursi qancha bo‘lishini prognoz qildi.
Unga ko‘ra, kelgusi uch yilda so‘mning dollarga nisbatan kursi quyidagicha bo‘ladi:
2026 yilning oxirida — 12 800 so‘m;
2027 yilning oxirida — 14 100 so‘m;
2028 yilning oxirida — 15 100 so‘m.
bugungi kunda rasmiy dollar kursi 12 010 so‘m bo‘lib, bugun yana ko‘tarilishi kutilmoqda.
YeOTBning so‘m kursi bo‘yicha prognozlari sal avval e’lon qilingan S&P Ratings prognozlaridan biroz farq qiladi.
S&P 2026 yil oxirida 1 dollar 12 600 so‘mga yaqin bo‘lishini kutgan. 2028 yil so‘ngiga kelib dollar 13 750 so‘m atrofida bo‘lishi prognoz qilingan. YeOTB bu davrda 1 dollar 15 000 so‘mdan oshadi, deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, YeOTB inflatsiya 2028 yilga kelibgina 5 foizga yaqinlashishini prognoz qilmoqda. Markaziy bank esa uzog‘i bilan 2027 yilda 5 foizlik inflyatsion targetga erishmoqchi.
Oltin narxlari o‘sishi fonida 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,4 foizga o‘sishi kutilayotgan bo‘lsa, kelgusi yillarda iqtisodiy o‘sish 6 foiz atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Bu boshqa tashkilotlar va tahlilchilar prognozlariga yaqin. Kelayotgan yillarda oltin narxi mo‘’tadillashishi kutilyapti va bu iqtisodiy o‘sishni biroz pasaytiradi.
Markaziy bank asosiy stavkasi 2026 yilda YeOTB tomonidan biroz pasaytirilishi tahmin qilinmoqda. 2028 yilga kelib asosiy stavka 11,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Yevroosiyo taraqqiyot banki qanday tashkilot?
Rossiya va Qozog‘iston tomonidan 2006 yilda asos solingan YeOTBga 7 davlat a’zo bo‘lib, bu ro‘yxatga so‘nggi qo‘shilgan davlat O‘zbekiston hisoblanadi. Hozir a’zo mamlakatlar ichida Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston ham bor.
Sentyabr oyida bankning har biri 1000 dollar qiymatga ega 168 411 ta aksiyasisini 168,4 mln dollarga sotib olish bo‘yicha prezident qarori chiqqandi.
Dastlabki 10 mln dollar mablag‘ sentabr oyidayoq to‘langan. Qolgan qism esa 2026–2027 yillar davomida teng ulushlarda (79,2 mln dollardan) amalga oshiriladi.





