add

Donald Tramp: «Yevroittifoqning texnogigantlarga qo‘llayotgan jarimalari «adolatsiz»

Bugun 08:382 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqining amerikalik texnologik gigantlarga nisbatan qo‘llayotgan milliardlab yevrolik jarimalarini keskin tanqid qilib, bu qarorlar Vashingtonga nisbatan iqtisodiy bosim ekanini bildirdi.

Donald Tramp: «Yevroittifoqning texnogigantlarga qo‘llayotgan jarimalari «adolatsiz»

AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi tomonidan amerikalik texnologik kompaniyalarga nisbatan qo‘llayotgan jarimalarni yana bir bor adolatsiz, deb baholadi. U bu haqda «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida yozib, mazkur siyosat nafaqat AQSH kompaniyalari, balki butun Amerika iqtisodiy manfaatlariga qarshi qaratilganini ta’kidladi.

Tramp o‘z postida 2024 yilgi moliyaviy ko‘rsatkichlarga ishora qildi. Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi amerikalik texnokompaniyalardan undirilgan jarimalar hisobidan 3,8 mlrd yevro daromad olgan. Bu summa Yevropadagi barcha ommaviy internet-kompaniyalardan olingan foyda solig‘idan (3,2 mlrd yevro) ham yuqori ekani qayd etilgan. Tramp bu holatni «munosib raqobat emas, balki tizimli jazolash siyosati» sifatida baholadi.

2024 yil davomida YI tomonidan Amerikaning bir qator yirik amerikalik kompaniyalarga jarima qo‘llandi. Ular orasida «Google», «Apple», «Meta», «X», «Uber», «LinkedIn» va «OpenAI» bor. Eng yirik jarima — 1,84 mlrd yevro «Apple» kompaniyasiga nisbatan qo‘llanib, u musiqiy striming bozorida ustun mavqeini suiiste’mol qilganlikda ayblangan.

Yevropa Komissiyasi 2022 yilda qabul qilingan «Raqamli bozorlar to‘g‘risida»gi qonun — «Digital Markets Act» doirasida «Amazon», «Alphabet», «Apple», «Microsoft» va boshqa yirik platformalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratga olgan. Qoidalarni muntazam buzgan kompaniyalarga nisbatan hatto Yevropa bozorida biznesni sotish majburiyati qo‘yilishi mumkin.

Mazkur choralar AQSH va Yevropa o‘rtasida texnologik tartibga solish bo‘yicha ziddiyatlarni yanada kuchaytirmoqda. Vashingtonda bu siyosat raqobatni cheklash deb baholansa, Brussel uni bozorni adolatlilashtirish zarurati bilan izohlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid