add

DXX bojxona va soliq qo‘mitalari xodimlarini pora bilan ushladi

20.09.2025 | 10:0044074

Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar davomida bojxona hamda soliq organlari xodimlari pora va firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

DXX bojxona va soliq qo‘mitalari xodimlarini pora bilan ushladi
Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va prokuratura hamkorligida hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida bojxona va soliq qo‘mitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent tumanida 1979 yilda tug‘ilgan shaxs 7 kilogramm oltinni Qozog‘istondan deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va nazoratdan yashirgan holda olib kirmoqchi bo‘lgan. Unga yordam berishni va’da qilgan «Navoiy» chegara bojxona posti inspektori Chirchiq shahrida 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi va qamoqqa olindi. Shuningdek, Toshkent shahridagi holatda Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori oziq-ovqat mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi MCHJ faoliyatini tugatib berish evaziga 2500 dollar talab qilgan. U mablag‘ni tuman soliq inspeksiyasi oldida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (Pora olish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Yana bir holatda Mirobod tumani soliq inspeksiyasi inspektori o‘z hududidagi savdo do‘konida tekshiruvlar o‘tkazmaslik va kelgusida har qanday soliq nazorati haqida oldindan xabar berib turish evaziga 10 million so‘mni bank kartasiga o‘tkazdirgan paytda qo‘lga olindi. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid