add

Endi chet tili yo‘nalishlarida B1 sertifikati ham imtiyoz beradi

Yangi qarorga ko‘ra, chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabulda B1 darajadagi sertifikat ham hisobga olinadi.

Endi chet tili yo‘nalishlarida B1 sertifikati ham imtiyoz beradi

Hukumat qarori bilan oliy ta’lim muassasalariga qabul tartibiga oid ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga muvofiq, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish tartibi qayta ko‘rib chiqildi.

Endilikda bunday yo‘nalishlarga abituriyentlarni qabul qilish xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ball berish tartibi

Qarorga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun imtiyozli ball berish tizimi joriy etildi. Xususan, xorijiy tildan B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.

Shu bilan birga, B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlar uchun imtiyoz to‘liq saqlanib qoladi. Ularga chet tili fani bo‘yicha belgilangan maksimal ball to‘liq hajmda hisoblab beriladi.

Avvalgi tartib

Ilgari fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish faqat kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi. Yangi o‘zgartishlar esa B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar uchun ham oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid