add

Endi daraxtlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi

30.09.2025 | 12:3023963

2026 yildan geologiya, yer munosabatlari va ekologiyada huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida yil davomida kamida uch marta davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladi.

Endi daraxtlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi
«Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–177-son, 26.09.2025 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, yer maydonlarini noqonuniy egallab olish yoki chiqindilar uchun yangi hududlar tashkil etish holatlari aniqlanadi. Vakolatli organlar ma’lumotlarni raqamli tarzda SGM platformasiga taqdim etadi. Daraxtzorlarning noqonuniy kesilishi ham endi kosmik texnologiyalar orqali kuzatib boriladi. 2026 yilda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari holati va Surxondaryoda quyosh panellari joylashtirish mumkin bo‘lgan maydonlar aerokosmik monitoringdan o‘tkaziladi. Shuningdek, transport sohasida Toshkent–Angren temir yo‘lida yo‘l holatini kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa infratuzilmani tezkor nazorat qilish imkonini yaratadi. Qishloq xo‘jaligida ham tizim yangilanib, somonpoyalarni yoqish kabi salbiy holatlarga chek qo‘yiladi. Ekologiya vazirligi va O‘rmon agentligi aniqlangan holatlarni 5 kun ichida o‘rganib, natijalarni raqamli bazada qayd etadi. 2026 yildan hududlarda kosmik ma’lumotlardan samarali foydalanish bo‘yicha reyting joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Endi daraxtlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi | Vaqt.uz