Eng ko‘p davlat banklarida: Muammoli kreditlar ikki oydan buyon o‘sishni davom etmoqda

Bugun 11:552 daqiqa

Mart oyiga kelib banklarda qaytarilmayotgan kreditlar hajmi 897 mlrd so‘mga oshdi, asosiy ulush yana davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eng ko‘p davlat banklarida: Muammoli kreditlar ikki oydan buyon o‘sishni davom etmoqda

2026 yilning 1-mart holatiga ko‘ra, bank tizimidagi jami kreditlar hajmi 613,7 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan muammoli kreditlar (NPL) 20,3 trln so‘mga yetdi. Oxirgi ikki oy davomida NPL o‘sish tendensiyasini saqlab qolmoqda.

Fevral oyi boshida jami kreditlar 610,4 trln so‘m, muammoli kreditlar esa 19,4 trln so‘m bo‘lgan edi. Shu tariqa, mart oyida NPL hajmi qariyb 0,9 trln so‘mga oshgan. Muammoli kreditlarning umumiy kreditlardagi ulushi esa 3,3 foiz atrofida saqlanib qoldi.

Mart oyiga kelib davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi 923 mlrd so‘mga oshib, umumiy hajm 14,7 trln so‘mga yetdi. Bu umumiy NPL'ning asosiy qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, yirik davlat banklari — «Milliy bank» (3 trln so‘m), «Agrobank» (2,7 trln so‘m) va «SQB» (2,3 trln so‘m) eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib qolmoqda. Davlat banklaridan «Turonbank», «BRB» va «Xalq banki»da muammoli kreditlar ulushi biroz pasaygan.

Xususiy banklarda esa NPL miqdori o‘tgan oyga nisbatan 27 mlrd so‘mga kamayib, 5,5 trlni tashkil etdi. Ammo ayrim xususiy banklarda ham muammoli kreditlar ulushi yuqori. Jumladan, «Poytaxtbank»da NPL ulushi 32,6 foizni tashkil etib, tizimda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Shuningdek, «Garantbank» (12,1 foiz), «AVO bank» (6,1 foiz), «TBC bank» (6,7 foiz) va «Soderot bank» (5,8 foiz) ham yuqori o‘rinlarda qolmoqda.

Ayrim banklarda muammoli kreditlar ulushi juda past yoki umuman mavjud emas. Masalan, «KDB Bank Uzbekistan» va «Uzumbank»da NPL ko‘rsatkichi 0 foizni tashkil etgan. Muammoli kreditlarda eng katta pasayish esa «Ipotekabank»da (-311 mlrd so‘m) bo‘ldi.

O‘tgan oy bo‘yicha muammoli kreditlari eng yuqori 10 ta bank (trln so‘mda):

«Milliybank» — 3,47 trln so‘m;

«Agrobank» — 2,70 trln so‘m;

«SQB» — 2,3 trln so‘m;

«Asakabank» — 1,83 trln so‘m';

«Kapitalbank» — 1,1 trln so‘m;

«BRB» — 1 trln so‘m;

«Ipotekabank» — 1 trln so‘m;

«Xalq banki» — 1 trln so‘m;

«Mikrokreditbank» — 0,9 trln so‘m;

«Aloqabank» — 0,7 trln so‘m.

photo_2026-03-30_11-15-30

foto: bankers.uz

NPL'da so‘nggi bir yildagi vaziyat qanday?

2025 yilning mart oyiga qaraganda, muammoli kreditlarning umumiy kreditlar ulushi 1,2 foizga kamaygan. O‘tgan yili martda NPL miqdori 24,3 trl so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shu yil martda bu ko‘rsatkich 4 trln so‘mlik pasayish qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid