Propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniya jazolandi

Bugun 12:252 daqiqa

Ushbu kompaniyalar raqobat qonunchiligini buzgani uchun 28,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.

Propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniya jazolandi

Propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta korxona jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan propan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonida 2025 yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik natijasida propan narxlarini oshirib yuborilishi holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi. Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.

Nazorat tadbirlari yakuniga ko‘ra, jami 31 ta kompaniya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgani aniqlandi:

— Poytug‘ Gaz To‘ldirish Korxonasi;

— Taraqqiyot Gaz Servis;

— Shirin Gaz Servis;

— Oltinko‘l Hamkor Rivoj;

— Osiyo Hamkor Maks;

— Inginering Gazavto Servis;

— Namangan-Istiqlol Bog‘i;

— Nasaf Taminot Gaz Press;

— Friday-Extra;

— Saidbek Turabov;

— Planeta Neft Gaz Invest;

— Gold Samarkand Oil;

— Maroqand-Energy Gaz Oil;

— Asatillo Bobo Gaz Invest;

— Unit Group Sirdarya;

— Gazone;

— Critical Merchant;

— Nafton;

— Farg‘ona Gaz To‘ldirish Stansiyasi;

— Davr Global System;

— Lutf Gaz Oil;

— Prime Energi Oil;

— Oilchem;

— Sh-Z Handsome Group;

— Crude Oil;

— Tarbatneft;

— Interneft;

— Gtl Gaz;

— Wimbledon Oil;

— Inter Gas Oil Lpg;

— Energie-Group.

Ularning 12 tasi birja savdolarida o‘zaro kelishilgan holda raqobatga zid harakatlarni amalga oshirgan. Qolgan holatlarda esa boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va mahsulotni qonunga zid tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotish holatlari qayd etildi.

Maxsus komissiya qaroriga muvofiq, qonunbuzilish davridagi tovar aylanmasiga nisbatan 28,9 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llandi. Shuningdek, asossiz olingan 34,1 mlrd so‘m mablag‘ni respublika budjetiga undirish belgilandi.

Shu bilan birga, barcha qonunbuzar subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Qarordan norozi bo‘lgan tomonlar Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Teglar

Mavzuga oid