Qaysi bank bankomatlaridan foizsiz pul yechish mumkin?
Bank tizimida jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha komissiyalar miqdori e’lon qilindi.
© © Foto: spot.uzMarkaziy bank 2026 yil mart oyi holatiga ko‘ra, bank tizimida jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha komissiyalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.
Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, komissiya miqdori har bir bankning o‘z ichki tarif siyosatiga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.
Ro‘yxat davlat (9 ta) va xususiy banklar (20 ta) kesimida alohida taqdim qilingan.
Bankomatlar orqali kartani to‘ldirish va naqdlashtirish bo‘yicha
Bankomatlar orqali o‘z bank kartasini to‘ldirish aksariyat banklarda mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Biroq istisnolar ham bor: davlat banklaridan «Mikrokreditbank»da bu operatsiya uchun 0,5 foiz komissiya undiriladi. Xususiy banklar ichida esa «Ipotekabank» 1 foizlik komissiya mavjud.
Boshqa bank kartalarini bankomat orqali to‘ldirish uchun esa bitta bankdan tashqari («Ipotekabank»da bu komissiya 2 foiz) qolgan barcha bank 1 foizlik komissiya oladi.
O‘zbekistondagi hech qaysi bank bankomatlar orqali bank kartalaridan pul yechish xizmatini bepulga amalga oshirmaydi. Milliy valutadagi naqd pulni yechib olishda deyarli barcha davlat va xususiy banklar 1 foiz atrofida komissiya undirmoqda. Faqatgina «Garantbank» o‘z bank kartalari uchun naqdlashtirishda 0,7 foiz komissiya belgilagan. Biroq boshqa bank kartalari uchun bu bank ham umumiy bozor amaliyotiga mos ravishda 1 foiz komissiya oladi.
Ammo ayrim banklar foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarni taklif qilmoqda. Xususan, «TBC Bank» va «Uzum Bank» bankomat orqali naqd pul yechishda undirilgan komissiyani keshbek sifatida qaytarish amaliyotini joriy qilgan.
Masalan, karta orqali 10 mln so‘m naqdlashtirilganda odatda 1 foiz — ya’ni 100 ming so‘m komissiya ushlab qolinadi. Biroq mazkur banklarda bu summa keyinchalik mijozga qayta qaytariladi: «TBC Bank»da keshbek oy boshida tushirilsa, «Uzum bank»da esa 15 daqiqa ichida qaytarib beriladi.
Kassa terminallari orqali naqd pul olish
Kassa terminallari orqali naqd pul yechish xizmatlarida davlat va xususiy banklar o‘rtasida muayyan tafovut kuzatiladi.
Davlat banklarida chiqarilgan kartalar bo‘yicha milliy valutada naqd pul olish faqat «Turon Bank»da bepul amalga oshiriladi, qolgan davlat banklarida esa 1 foiz komissiya belgilangan. Shuningdek, boshqa bank kartalari orqali davlat banklari kassa terminallaridan foydalanilganda ham odatda 1 foiz komissiya undiriladi.
Xususiy banklarda esa tariflar nisbatan moslashuvchan va ayrim hollarda arzonroq. Jumladan, «Ipak Yuli Bank», «Trastbank», «Kapitalbank», «Soderot bank» va «Octo bank»da o‘z kartalari orqali kassa terminallaridan naqd pul olish bepul.
Bundan tashqari, «Tengebank», «Madad Invest Bank», «Poytaxt bank» va «Universalbank» 0,5 foizlik komissiya qo‘llasa, «Garantbank»da bu ko‘rsatkich 0,7 foizni tashkil etadi. Qolgan xususiy banklarda esa odatda 1 foiz komissiya saqlanib qolgan.
Boshqa bank kartalari orqali kassa terminallaridan naqd pul yechishda esa tariflar biroz yuqoriroq. Masalan, «Davrbank»da komissiya 2 foizni tashkil etadi, «Poytaxtbank»da 0,5 foiz, qolgan aksariyat banklarda esa 1 foiz atrofida belgilangan.
Umuman olganda, kassa terminallari orqali naqd pul olish xizmatlarida yagona tarif yo‘q: davlat banklarida standart 1 foiz saqlansa, xususiy banklar orasida raqobat tufayli bepul va past komissiyali takliflar ham mavjud. Bu esa mijozlarga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, maqbul bankni tanlash imkonini beradi.
Bank Naqd yechish (o'z karta) Naqd yechish (boshqa karta) To'ldirish (o'z karta) To'ldirish (boshqa karta) Garantbank 0,7% 1% Bepul 1% Milliy bank 1% 1% Bepul 1% Sanoat qurilish bank 1% 1% Bepul 1% Agrobank 1% 1% Bepul 1% Mikrokreditbank 1% 1% 0,5% 1% Xalq banki 1% 1% Bepul 1% BRB 1% 1% Bepul 1% Turonbank 1% 1% Bepul 1% Aloqa bank 1% 1% Bepul 1% Asakabank 1% 1% Bepul 1% Ipoteka-bank 1% 1% 1% 2% Hamkorbank 1% 1% Bepul 1% Ipak Yo'li bank 1% 1% Bepul 1% Trastbank 1% 1% Bepul 1% Kapitalbank 1% 1% Bepul 1% Anor bank 1% 1% Bepul 1% Asia Alliance Bank 1% 1% Bepul 1% Davr bank 1% 1% Bepul 1% Infin bank 1% 1% Bepul 1% Octobank 1% 1% Bepul 1% Universal bank 1% 1% Bepul 1% Soderot bank 1% 1% Bepul 1% Poytaxt bank 1% 1% Bepul 1% Orient Finans bank 1% 1% Bepul 1% AVO bank 1% 1% Bepul 1% Tenge bank 1% 1% Bepul 1% Madad Invest bank 1% 1% Bepul 1% Hayot bank 1% 1% Bepul 1% Uzum bank 1% 1% Bepul 1% (function() {var isMobile = window.innerWidth <= 768;if (!isMobile) return;var banks = [["Garantbank","0,7%","1%","Bepul","1%"],["Milliy bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Sanoat qurilish bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Agrobank","1%","1%","Bepul","1%"],["Mikrokreditbank","1%","1%","0,5%","1%"],["Xalq banki","1%","1%","Bepul","1%"],["BRB","1%","1%","Bepul","1%"],["Turonbank","1%","1%","Bepul","1%"],["Aloqa bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Asakabank","1%","1%","Bepul","1%"],["Ipoteka-bank","1%","1%","1%","2%"],["Hamkorbank","1%","1%","Bepul","1%"],["Ipak Yo'li bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Trastbank","1%","1%","Bepul","1%"],["Kapitalbank","1%","1%","Bepul","1%"],["Anor bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Asia Alliance Bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Davr bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Infin bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Octobank","1%","1%","Bepul","1%"],["Universal bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Soderot bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Poytaxt bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Orient Finans bank","1%","1%","Bepul","1%"],["AVO bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Tenge bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Madad Invest bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Hayot bank","1%","1%","Bepul","1%"],["Uzum bank","1%","1%","Bepul","1%"]];var labels = ["Naqd yechish (o'z karta)","Naqd yechish (boshqa karta)","To'ldirish (o'z karta)","To'ldirish (boshqa karta)"];var wrapper = document.currentScript.parentElement;var table = wrapper.querySelector('table');table.style.display = 'none';var container = document.createElement('div');banks.forEach(function(bank, i) {var bg = i % 2 === 0 ? '#fff' : '#f6f9f9';var card = document.createElement('div');card.style.cssText = 'background:' + bg + ';border-radius:10px;margin-bottom:10px;overflow:hidden;border:1px solid #e8e8e8;';var header = document.createElement('div');header.style.cssText = 'background:#0c4f4e;color:#fff;padding:12px 14px;font-size:15px;font-weight:600;font-family:Arial,sans-serif;';header.textContent = bank[0];card.appendChild(header);var grid = document.createElement('div');grid.style.cssText = 'display:grid;grid-template-columns:1fr 1fr;';for (var j = 0; j < 4; j++) {var cell = document.createElement('div');var isLast = j >= 2;cell.style.cssText = 'padding:10px 12px;border-bottom:' + (isLast ? 'none' : '1px solid #e8e8e8') + ';border-right:' + (j % 2 === 0 ? '1px solid #e8e8e8' : 'none') + ';font-family:Arial,sans-serif;';var lbl = document.createElement('div');lbl.style.cssText = 'font-size:11px;color:#888;margin-bottom:4px;';lbl.textContent = labels[j];var val = document.createElement('div');var isFree = bank[j+1] === 'Bepul';val.style.cssText = 'font-size:15px;font-weight:bold;color:' + (isFree ? '#19d97b' : '#222') + ';';val.textContent = bank[j+1];cell.appendChild(lbl);cell.appendChild(val);grid.appendChild(cell);}card.appendChild(grid);container.appendChild(card);});wrapper.appendChild(container);})();
Teglar






