Toshkent shahridagi bir qancha ko‘chalar duatlon chempionati va marafon o‘tkazilishi sabab yopiladi

Haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Toshkent shahridagi bir qancha ko‘chalar duatlon chempionati va marafon o‘tkazilishi sabab yopiladi © Foto: uza.uz

Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda International Tashkent Marathon — 2026 tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qancha ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:

• Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha.

3-aprel soat 16:00 dan 5-aprel 14:00 gacha:

aa

• Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha.

af



5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:

• Beshyog‘och ko‘chasi — Furqat ko‘chasi kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;

• Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha:

• Sharof Rashidov ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;

• Afrosiyob ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;

• Shahrisabz ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha;

• Oybek ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;

• Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi kesishmasidan Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;

• Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Istiqbol ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

ab

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Teglar

Mavzuga oid