So‘m kupyurasidagi yozuv o‘zgarmaydimi

Bugun 20:301 daqiqa

Markaziy bank so‘mning naqd va elektron shakli teng ekanini bildirib, kupyuralardagi yozuvlar o‘zgarmasligini izohladi

Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayevning ta’kidlashicha, so‘mning muomaladagi o‘rni va uni qabul qilish majburiyati o‘zgarmaydi. Ya’ni naqd pul ham, elektron ko‘rinishdagi mablag‘ ham bir xil huquqiy kuchga ega bo‘lib qoladi.

m2m

«Shakli nuqtayi nazaridan hech kim so‘mni cheklamayapti. Elektron pul ham milliy valutamiz, naqd ko‘rinishi ham qabul qilinish doirasida»

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning bank kartasiga tushgan mablag‘ ham aynan so‘m hisoblanadi va u ham xuddi naqd pul kabi to‘liq qiymatga ega.

«Sizning so‘mingiz ham, kartangizga kirim qilganingizdan keyin u ham so‘m va u pul ham sizniki»

Mutaxassislar fikricha, bu izohlar naqd pul muomalasini cheklash yoki so‘m kupyuralaridagi amaldagi yozuvlarni bekor qilish rejasi yo‘qligini anglatadi. Shu bilan birga, naqdsiz to‘lovlar ulushi bosqichma-bosqich oshirilishi davom etadi.

Teglar

Mahliyo Hamidova

Mahliyo HamidovaMaqolalar soni: 90

Barchasi

Mavzuga oid