35 yil ichida O‘zbekiston YAIMi qariyb 5 barobarga o‘sgan
2025 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1 849,7 trln so‘mga yetdi, bu ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 478,1 foizga ko‘p.

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi 35 yil davomida sezilarli o‘sishni namoyon qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) joriy narxlarda 1 849,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YAIMning real o‘sish sur’ati 1991 yilga nisbatan 478,1 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich iqtisodiyot hajmi qariyb 4,8 barobarga oshganini ko‘rsatadi va mamlakatda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish tendensiyasi saqlanayotganini tasdiqlaydi.
YAIM dinamikasiga nazar tashlansa, 1991 yilda bu ko‘rsatkich 61,5 mlrd rubl bo‘lgan. Keyingi yillarda milliy valutaga o‘tish va iqtisodiy islohotlar fonida o‘sish bosqichma-bosqich davom etgan. Jumladan, 2000 yilda YAIM 3 256 mlrd so‘mga, 2010 yilda esa 88 102 mlrd so‘mga yetgan.
So‘nggi o‘n yillikda iqtisodiy o‘sish sur’ati yanada tezlashgan. 2015 yilda YAIM 250 545 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 705 077 mlrd so‘mga yetgan. Pandemiyadan keyingi davrda ham o‘sish izchil davom etdi.
Xususan, 2021–2025 yillar oralig‘ida YAIM hajmi keskin oshgan: 2021 yilda 861 171 mlrd so‘m, 2022 yilda 1 041 878 mlrd so‘m, 2023 yilda 1 261 806 mlrd so‘m, 2024 yilda 1 535 432 mlrd so‘m va 2025 yilda 1 849 650 mlrd so‘mga yetgan.





