
Ertaga ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zgidromet 4-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

4-dekabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+4 daraja iliq, kunduzi +9...+11 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazim viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja atrofida bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi ham mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3° daraja, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.





