Ertaga ham O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

Kecha 14:582 daqiqa

12-fevral kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kuchayishi, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Ertaga ham O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zgidromet 12-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4..+6 daraja iliq, kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

11-14-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimolda qorga aylanadi) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 11-16-fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 11-16-fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid