
Ertaga ham O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda
23-yanvar kuni respublika bo‘ylab havo harorati kunduzi -5...+5 daraja atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.

O‘zgidromet 23-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi -1...-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -10...-15 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq, Ustyutda kechasi -15...-20 daraja sovuqqacha, kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, cho‘l hududning shimolida -11...-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda -8 daraja sovuqqacha, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -10...-15 daraja sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq bo‘ladi.





