add

Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

23.09.2025 | 16:301874

O‘zgidromet ertaga, 24 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
24 sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi +22...+27 daraja atrofida bo‘ladi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +24...+26 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metrgacha tezlikda esadi Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metrgacha tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi aytildi | Vaqt.uz