add

Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

04.10.2025 | 18:3347342

Farg‘ona viloyatida davlat soliq idorasi xodimi tadbirkordan yer maydonini rasmiylashtirish uchun 30 ming dollar pora talab qilgan.

Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi katta inspektori o‘z ukasi nomidan foydalanib, 48 sotix yer maydonini rasmiylashtirish uchun 30 ming AQSH dollari talab qilgan. Yer maydoni 2023 yilda elektron auksion orqali 30 yilga ijaraga berilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangani qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yerni xaridor nomiga rasmiylashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga u tadbirkordan katta miqdorda pora so‘ragan. Tezkor tadbir davomida davlat organlari xodimi talab qilingan mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Voqea Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi | Vaqt.uz