add

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk mundialga 7SABER liboslarida boradi

15.08.2025 | 15:5034283

Jahon chempionatida debyut qiladigan milliy terma jamoa endilikda 7SABER brendi liboslarida maydonga tushadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk mundialga 7SABER liboslarida boradi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa yaqinda o‘tkaziladigan FIFA Jahon chempionatida ilk bor 7SABER brendi liboslarida ishtirok etishini ma’lum qildi. Bunga qadar jamoa 2018-yildan beri Germaniyaning JAKO kompaniyasi ishlab chiqargan liboslarda maydonga tushib kelayotgan edi. O‘zbekiston Milliy olimpiada qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov terma jamoa uchun bu qarorning tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, katta musobaqalarda yurt sharafini 7SABER libosida himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy jamoa katta maqsadlar va g‘alabalar sari qadam qo‘ymoqda. 7SABER taqdim etgan videorolikda ko‘rsatilishicha, yangi liboslardagi asosiy ranglar o‘zgarishsiz qoladi — uy o‘yinlari uchun oq, safar o‘yinlari uchun esa ko‘k rang saqlanadi. Bu uslub milliy jamoaning an’anaviy imijini saqlab qoladi. 7SABER brendi avval ham sportchilar uchun libos tayyorlash tajribasiga ega. Xususan, kompaniya 2021-yil Tokio va 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiada o‘yinlarida qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilarni sport kiyimlari bilan ta’minlagan. Ma’lumot uchun, 7SABER brend tarixi 2019-yil boshiga borib taqaladi. Brend ramzi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan grafik element hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid