add

G‘azoda ochlik qurbonlari 100 nafardan oshdi

23.07.2025 | 13:3044842

G‘azo sektorida so‘nggi bir sutkada 15 kishi ochlikdan halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri bu kabi qurbonlar soni 101 nafarga yetdi.

G‘azoda ochlik qurbonlari 100 nafardan oshdi
Bu haqda "Al Jazeera" telekanali Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanilgan holda xabar berdi. Oxirgi 24 soatda halok bo‘lganlar orasida 4 nafar bola bor. Umumiy hisobda qurbonlarning 80 nafarini bolalar tashkil etmoqda. Seshanba kuni vafot etganlar orasida 6 haftalik chaqaloq ham bo‘lgan. Uning biri G‘azo shahri shimolidagi, yana biri esa Xon Yunusdagi kasalxonada vafot etgan. So‘nggi haftalarda o‘lim holatlari keskin ko‘paygan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hududdagi ahvol shunchalik og‘irki, hatto shifokorlar va gumanitar xodimlar ham ochlik va charchoqdan hushini yo‘qotmoqda. Aholiga oziq-ovqat yetkazishdagi uzilishlar, asosiy infratuzilmaning vayron bo‘lishi hamda yordam jo‘natmalarining cheklanishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Gumanitar tashkilotlar tezkor yechim va yo‘l ochishni talab qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid