
G‘azodagilar hayotiga Trampning kuyovi ham aralashmoqda
10.09.2025 | 21:4011023
Tramp uning genotsid tugaganidan so‘ng G‘azoni tiklash bo‘yicha g‘oyalarini yuqori baholagan.

AQSH prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Stiven Uitkoff va Amerika rahbarining kuyovi Jared Kushner Isroilning strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer bilan uchrashib, Vashingtonning G‘azodagi mojaroni hal etish bo‘yicha yangi rejasini muhokama qildi. Bu haqda Axios portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 sentyabrdagi muzokaralardan oldin Uitkoff va Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida katta maslahatchi lavozimida ishlagan Kushner 7 sentyabr kuni AQSH tennis bo‘yicha ochiq chempionatining final o‘yinida Amerika rahbari bilan uchrashgan. So‘nggi haftalarda Kushner G‘azodagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda faolroq ishtirok eta boshlagan. Tramp uning janglar tugaganidan so‘ng G‘azoni tiklash bo‘yicha g‘oyalarini yuqori baholagan.
Oq uyning Isroil va HAMAS harakatiga yo‘llagan yangi tinchlik taklifi barcha isroillik asirlarni ozod etish va halok bo‘lganlarning jasadlarini darhol o‘t ochishni to‘xtatish evaziga topshirishni nazarda tutadi. Shundan so‘ng tomonlar yakuniy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlaydilar.





