
G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazila boshlandi
13.10.2025 | 08:4237163
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi otashkesim kelishuvidan keyin G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami bilan yuk mashinalari kirishni boshladi. Kunlik 600 ta fura kirishi kutilmoqda.

Isroil va HAMAS o‘rtasida imzolangan otashkesim kelishuvi kuchga kirgach, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami bilan yuk mashinalari kirishni boshladi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, furalar Isroil nazoratidagi «Karim Abu Salim» chegara punkti orqali, G‘azo sektori janubidan kirib kelmoqda. Otashkesim rejimi 10 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan amalga kirdi. Kelishuv misrlik vositachilar ishtirokidagi muzokaralar natijasida erishilgan.
Isroil armiyasi o‘z bayonotida qo‘shinlarning bir qismi «sariq chiziq» deb ataladigan hududgacha ortga chekinganini ma’lum qildi. Bu harakat otishmani to‘xtatish shartlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Hozircha kelishuv ijrosi barqaror kechayotgani qayd etilmoqda. Har kuni taxminan 600 ta yuk mashinasi insonparvarlik yordami bilan G‘azoga kirishi kutilmoqda. Ular orqali oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg‘i va boshqa zarur mahsulotlar yetkaziladi.
Ikki yil davom etgan harbiy harakatlar natijasida G‘azo sektoridagi insonparvarlik inqirozi katta ko‘lamdagi falokat darajasiga yetgan. Bir necha million aholi oziq-ovqat va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib, infratuzilmaning katta qismi vayron etilgan.





