add

Global inflatsiya pasayishi to‘xtab, yana o‘sish xavfi kutilmoqda

Bugun 08:201601

Global bozorlarda narxlar pasayishi sekinlashib, tashqi savdo bojlari ta’siri kuchayishi ortidan inflatsiya yaqin choraklarda qayta o‘sishi kutilmoqda.

Global inflatsiya pasayishi to‘xtab, yana o‘sish xavfi kutilmoqda

Jahonda inflatsiya so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich pasayib kelayotganiga qaramay, sentabr oyida 3,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida keltirilgan.

Qayd etilishicha, tashqi savdo bojlarining narxlarga ta’siri kuchayishi bilan global inflatsiya qisqa muddat ichida yana o‘sish trendiga o‘tishi mumkin. Bu esa jahon iqtisodiyotidagi mavjud noaniqliklarni yanada oshirishi mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligi joriy yilda o‘z inflatsiya targetlariga erishgan bo‘lsa-da, kelgusi davrlarda ular inflyatsiyani past va barqaror darajada ushlab turishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Xususan, xizmatlar inflyatsiyasi yuqori darajada saqlanayotgani, ayrim import tovarlari narxlarining ko‘tarilishi umumiy inflatsiya sur’atlarini pasaytirishni qiyinlashtirmoqda.

Sentyabr oyida jahon oziq-ovqat narxlari indeksi (FAO) bir oyda 1 foizga pasayib, 128,8 bandni tashkil etdi. Yillik hisobda esa oziq-ovqat narxlari 3,4 foizga oshdi. Bug‘doy hosili yuqori bo‘lgani tufayli don mahsulotlari arzonlashgan, ammo go‘sht va yog‘ mahsulotlariga talab kuchaygani natijasida ularning narxi sezilarli oshgan.

inflatsiya pasayishining sekinlashuviga qaramay, global moliyaviy sharoitlar yumshab bormoqda.

Shunga karamay, ko‘plab markaziy banklar stavkalarni pasaytirishda ehtiyotkorlikni saqlamoqda. Ular neytral stavkaga o‘tish jarayonini tezlashtirmasdan, kelgusi bosqichlarda bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Markaziy bankning ta’kidlashicha, bu yondashuv global inflatsiya xavflarini hisobga olgan holda qo‘llanilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Global inflatsiya pasayishi to‘xtab, yana o‘sish xavfi kutilmoqda | Vaqt.uz