add

Havo ifloslanishi har yili 4,5 million inson o‘limlarga sabab bo‘lmoqda — JMT

07.09.2025 | 18:0022703

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ifloslangan havo har yili 4,5 milliondan ortiq bevaqt o‘limga sabab bo‘lmoqda.

Havo ifloslanishi har yili 4,5 million inson o‘limlarga sabab bo‘lmoqda — JMT
Tashkilot hisobotida milliardlab odamlar ifloslangan havodan nafas olayotgani va bu holat yiliga 4,5 milliondan ortiq bevaqt o‘limga olib kelayotgani qayd etilgan. Mutaxassislar ayni vaqtda o‘rmon yong‘inlari oqibatida tarqalayotgan mayda zarrachalar butun qit’alarga tarqalishi mumkinligini ta’kidladi. «Havo chegaralarni tan olmaydi. Pireney yarimorolida yong‘inlar bo‘yicha rekord mavsumda tutun va ifloslantiruvchi moddalar allaqachon G‘arbiy Yevropa ustida qayd etilgan va butun Yevropa qit’asiga tarqalishi mumkin», dedi JMT ilmiy xodimi Lorenso Labrador. JMT olimlari ma’lum qilishicha, 2024 yilda PM 2.5 mayda zarrachalar Chili, Braziliya, Ekvador, Kanada, Markaziy Afrika va Sibirda keng tarqalgan. Ular iqlim o‘zgarishi sabab yong‘inlar mavsumi tobora kuchayib, uzoqroq davom etayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, ayrim mintaqalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan, sharqiy Xitoy va Yevropada atmosferaga zararli tashlamalar yildan-yilga kamaymoqda. Shanxayda yangi bog‘lar yaratish, daraxtlar ekish va elektromobillar ulushining oshishi havo sifatini yaxshilashga yordam bergan. Shunga qaramay, dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga to‘liq javob beradigan shaharlar soni juda kamligicha qolmoqda. «Oltingugurt dioksidi (SO2) va azot oksidlari (NOx) kabi asosiy ifloslantiruvchi moddalarning chiqindilari nazorat choralari tufayli kamayayotgan bo‘lsa-da, yer yuzasidagi ozon darajasi - smogning asosiy tarkibiy qismi - kamaymayapti», dedi JMT global atmosfera bo‘limi rahbari Paolo Lay.

Teglar

Mavzuga oid