add

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha saqlanib qoladi — O‘zgidromet

Bugun 20:451431 Daqiqa

O‘zgidromet yangilangan sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havodagi inversiya holati kelgusi hafta oxirigacha saqlanib turishini ma’lum qildi.

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha saqlanib qoladi — O‘zgidromet

24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan ob-havodagi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Qayd etilishicha, yangilangan prognozlarga ko‘ra, havo qatlamlarining aralashishiga to‘sqinlik qilayotgan ob-havo sharoiti kelayotgan haftaning oxirigacha saqlanib turishi mumkin.

O‘zgidrometga ko‘ra, bu davrda havo sifati nobarqaror bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, ko‘rsatkichlar kun davomida o‘zgarib turadi. Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

«Ta’kidlash joizki, kuzatilayotgan holat – tabiiy, vaqtinchalik va mavsumiy jarayon. Vakolatli davlat organlari vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarurat tug‘ilganda tezkor choralar ko‘rmoqda», deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, 23-noyabr kuni soat 09:00 holatida Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 181 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 3-marta oshgan degani.

Teglar

Mavzuga oid

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha saqlanib qoladi — O‘zgidromet | Vaqt.uz