add

Haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy darslarda qatnashish majburiy emas

Kecha 17:502 daqiqa

2026 yildan A va B toifalari bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar nazariy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.

Haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy darslarda qatnashish majburiy emas

2026 yil 1-fevraldan boshlab A va B toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish tartibida muhim yangiliklar joriy etiladi. Endi talabgorlar uchun nazariy darslarda majburiy qatnashish talabi bekor qilinadi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25-oktabrda qabul qilingan «Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan. Qaror sohadagi ta’lim jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi shaxslar nazariy bilimlarni o‘z xohishiga ko‘ra egallaydi. Ular avtomaktablarda tashkil etilgan o‘quv kurslarida, jumladan onlayn yoki oflayn shaklda tahsil olishi yoxud yo‘l harakati qoidalarini mustaqil ravishda o‘rganib, imtihonlarga tayyorlanishi mumkin.

Amaliy tayyorgarlik

Shu bilan birga, amaliy tayyorgarlik qismi majburiyligicha qoladi. Belgilangan o‘quv dasturi doirasida barcha amaliy mashg‘ulotlar avtomaktablarda to‘liq o‘tilishi shart. Bu talab haydovchilik ko‘nikmalari xavfsiz va samarali shakllanishini ta’minlashga qaratilgan.

Amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq yakunlagan talabgorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi. Amaliy tayyorgarlikdan o‘tgani haqidagi ma’lumotnoma elektron shaklda rasmiylashtirilib, bu hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtiradi hamda shaffoflikni oshiradi.

Yangi tartib fuqarolarning vaqt va xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, haydovchilarni tayyorlash tizimini zamonaviy talablarga moslashtirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid