add

Humans Singapurda O‘zbekistonga qarshi xalqaro da’vo qo‘zg‘atdi

04.06.2025 | 09:0036262

Humans kompaniyasining Singapurdagi ta’sischisi O‘zbekistondagi ayrim davlat tashkilotlari tomonidan yetkazilgan moddiy zarar uchun kompensatsiya talab qilib, xalqaro arbitrajga murojaat qildi.

Humans Singapurda O‘zbekistonga qarshi xalqaro da’vo qo‘zg‘atdi
Bundan avval Humans kompaniyasiga tegishli UPay to‘lov tashkilotiga nisbatan O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan edi. Keyinchalik «O‘zbektelekom» Humans kompaniyasini katta miqdordagi qarzlarni to‘lash haqida ogohlantirgan. Mazkur holatlardan so‘ng Humans Raqobat qo‘mitasiga rasman shikoyat kiritgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, 2024 yil 27 mart sanasi qo‘yilgan rasmiy xatga ko‘ra, «O‘zbektelekom» Humans kompaniyasidan 532 mlrd so‘m qarzni to‘lashni talab qilgan. Ushbu summa ichida 361,7 mlrd so‘m debitor qarzdorlik va 170,3 milliard so‘m penyalar ekani ko‘rsatilgan. Humans da’vosining xalqaro arbitrajda qanday ko‘rilishi hozircha ma’lum emas. Shuni ta’kidlash joizki, bundan avval Turkiyaning to‘qimachilik kompaniyasi ham O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik xalqaro da’vo kiritgan edi, ammo bu talab rad etilgan.  

Teglar

Mavzuga oid