add

Investor kripto-tarmoqda katta hajmda tranzaksiya qildi. Endi nimalar o‘zgaradi?

09.10.2025 | 11:4546473

10 milliard dollardan ortiq qiymatdagi Bitcoin'ga ega yirik investor (kit) 3000 BTC (taxminan 364 million dollar)ni Hyperunit platformasiga o‘tkazdi. Bu tranzaksiya kripto-tarmoqda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Investor kripto-tarmoqda katta hajmda tranzaksiya qildi. Endi nimalar o‘zgaradi?
Analitik kompaniya Arkham Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakatning qiymati 363,9 million dollarni tashkil etadi. Hyperunit-BTC-Whale deb nomlangan hamyon pullarni yirik svop va saqlov (kastodial) operatsiyalar platformasiga yo‘naltirgan. Mutaxassislarning eslatishicha, ikki oy avval shu investor xuddi shunga o‘xshash harakatni amalga oshirgan. U o‘shanda ham katta hajmdagi Bitcoin'larni Hyperunit orqali o‘tkazib, keyinchalik 4 milliard dollarlik Ethereum sotib olgan edi. O‘shanda bu operatsiya natijasida ETH narxi ikki kun ichida 8 foizga oshgan, keyin esa qisqa muddatli korreksiya kuzatilgan. Shu sababli, hozirgi 3000 BTC'lik tranzaksiya ham o‘sha ssenariyni takrorlashi mumkin, degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. CryptoQuant ma’lumotlariga qaraganda, 2025 yilning III choragida yirik investorlarning hamyonlarida Ethereum zaxiralari barqaror o‘sib bormoqda. Tahlilchilarning fikricha, agar bu holat davom etsa, bu kapitalning Bitcoin va Ethereum o‘rtasida almashish (rotatsiya) tendensiyasini kuchaytiradi. Ularning ta’kidlashicha, kitlar harakati ko‘pincha bozorning keyingi bosqichdagi yo‘nalishini oldindan bildiruvchi indikator vazifasini bajaradi.

Mavzuga oid