
Isroil Yaman poytaxtini bombardimon qilmoqda
25.09.2025 | 20:2026592
Buni Isroil mudofaa vaziri ochiqchasiga aytdi. Yamandan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtga kamida 15 marta havo zarbalari berilgan.

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sanoga zarba berganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, samolyotlar bir nechta harbiy lagerlarga, shu jumladan husiylar bosh shtabi joylashgan lagerga hujum qilib, o‘nlab musulmonlarni yo‘q qilgan hamda uchuvchisiz uchish apparatlari va qurol-yarog‘ zaxiralarini yakson etgan.
«Biz «Yo‘ldagi jo‘natma» operatsiyasi doirasida Sanadagi husiylar terrorchilik tashkilotining ko‘plab terrorchilik nishonlariga kuchli zarba berdik. Kecha va’da qilganimdek - bizga zarar yetkazgan har kim yetti barobar ko‘p jazolanadi», - deya yozdi Kats X ijtimoiy tarmog‘ida.
Yaman manbalari Yaman poytaxtiga 15 tadan ortiq havo hujumi uyushtirilganini xabar qilmoqda.
Bu hujumlar Isroilning haddan tashqari keskin va mas’uliyatsiz siyosatining navbatdagi ifodasidir.





