add

Kamala Harris hamon siyosatda ekanini aytdi: u hali prezident bo‘lmoqchi

26.10.2025 | 10:583432

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris siyosiy faoliyatini yakunlamaganini va kelgusi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

Kamala Harris hamon siyosatda ekanini aytdi: u hali prezident bo‘lmoqchi

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris BBC telekanaliga bergan intervyusida siyosatdan ketish niyati yo‘qligini va kelgusida prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Men hali siyosat bilan ishimni tugatganim yo‘q. Butun faoliyatimni jamiyat xizmatiga bag‘ishlaganman — bu mening qonimda bor», — degan u.

Intervyu mazmunidan The Guardian nashri iqtibos keltirmoqda.

Harrisning so‘zlashicha, u 2028 yildagi saylovlarda prezidentlik uchun kurashni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, u hozircha yakuniy qaror qabul qilmaganini ta’kidladi. Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, bir kuni Oq uyda ayol rahbar bo‘lishiga ishonch komil.

The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, Harris hozirda «107 kun» nomli xotiralar kitobi taqdimoti bilan bog‘liq jahon turnesini o‘tkazmoqda. Kitob nomi uning 2024 yilgi prezidentlik kampaniyasi davom etgan kunlar soniga ishora qiladi.

Kamala Harris Demokratik partiya nomzodi sifatida Jo Bayden saylovoldi poygadan chekinganidan keyin prezidentlikka chiqdi. Ammo saylovlarda Donald Tramp g‘alaba qozondi, natijada demokratlar Kongressning ikki palatasida ham o‘rinlarni yo‘qotdi.

Siyosatchi o‘z mag‘lubiyatining sabablaridan biri sifatida respublikachilarning media hujumlariga yetarlicha javob berilmaganini ko‘rsatdi. Shuningdek, Baydenning ayrim bahsli bayonotlari va shaxsiy xatolarini ham tan oldi. «Agar men so‘rovlarga qarab ish tutgan bo‘lsam, bu yerda o‘tirmagan bo‘lardim», — dedi u.

Politico nashri  ma’lumotlariga ko‘ra, Harris kelgusida Kaliforniya gubernatori lavozimi yoki prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy raqiblar orasida Gevin Nyusom, Grethen Uitmer, Jey Robert Pritsker va Pit Butijich kabi siyosatchilar bor.

Teglar

Mavzuga oid