add

Kamchatkadagi vulqonga qo‘ngan vertolyot uchuvchisi halok bo‘ldi

09.08.2025 | 11:302342

Kamchatkada Krasheninnikova vulqoniga qo‘ngan turizm guruhi vertolyoti uchuvchisi halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar sog‘-salomat holda evakuatsiya qilingan.

Kamchatkadagi vulqonga qo‘ngan vertolyot uchuvchisi halok bo‘ldi
TASS nashrining ma’lum qilishicha, sayyohlarni olib ketayotgan 59 yoshli xususiy vertolyot uchuvchisi to‘satdan havoda o‘zini yomon his qilgan. Ahvoli yomonlashganiga qaramay, u vertolyotni Krasheninnikov vulqoni yonbag‘riga qo‘ndirgan. Shundan so‘ng vafot etgan. Bortda 6 nafar sayyoh bo‘lgan. Ularni qutqaruvchilar evakuatsiya qilgan. Voqea joyiga boshqa bir vertolyot uchib borib, guruh a’zolarini xavfsiz ravishda olib chiqqan. Turistlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ularning ahvoli qoniqarli deb baholangan. Uchuvchiga ko‘rsatilgan yordam esa samarasiz tugagan. Krasheninnikova vulqoni avgust oyi boshida, qariyb 600 yillik sukutdan so‘ng, faollasha boshlagan edi. Undan chiqadigan kul va gazlar past parvozdagi havo kemalari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini anglatadi.

Teglar

Mavzuga oid