add

Keksa ayol Netanyahuni o‘ldirishga urinib ko‘rdi

23.07.2025 | 21:0049463 daqiqa

Ayol o‘z qo‘li bilan tayyorlangan portlovchi qurilma yordamida hujum qilishni rejalashtirgan. Hozirda keksa gumonlanuvchi Netanyahuga qaytib yaqinlashmaslik sharti bilan ozod qilingan.

Keksa ayol Netanyahuni o‘ldirishga urinib ko‘rdi
Isroilda Binyamin Netanyahuga nisbatan suiqasd rejalashtirganlikda gumon qilinayotgan 70 yoshli faol ayol Isroil xavfsizlik xizmati — SHABAK tomonidan ushlandi. Bu haqda 23 iyul kuni "Kan" axborot xizmati xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilik namoyishlarida faol qatnashgan va hukumat siyosatini tanqid qilib kelgan ayol o‘z yaqinlari bilan suhbatda bosh vazirga hujum qilish niyati borligini aytgan. U hujumni qo‘lda tutiladigan tanklarga qarshi granatomyot – RPG yordamida amalga oshirishni rejalashtirgan. Isroilning yirik nashrlaridan biri — «Yediot axronot» yozishicha, u boshqa faollardan qurol topishga yordam so‘ragan hamda Netanyahuni qo‘riqlash tizimi haqida ma’lumot yig‘ishga urinayotgan bo‘lgan. Uning rejalari haqida ma’lumot huquqni muhofaza qilish organlariga yetib borgandan so‘ng, SHABAK ayolni ushlab, Milliy jinoyatlarni tergov boshqarmasiga olib borgan. Dastlabki so‘roqda u o‘z aybini qisman tan olgan. Shu bilan birga, uning yoshi, sog‘lig‘idagi muammolar va shaxsiy holati inobatga olingan holda, gumonlanuvchi shu kuniyoq ozod etilgan, lekin unga bosh vazir va davlat muassasalariga yaqinlashish qat’iyan ta’qiqlangan.

Teglar

Mavzuga oid