add

Kir Starmer iste’fosi muhokamada: leyboristlar partiyasida ichki bosim kuchaymoqda

03.07.2025 | 20:206583

Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasida Kir Starmerning bosh vazirlikdan iste’fo berish ehtimoli borasida fikrlar tobora kuchaymoqda. Partiya reytingi pasayishi va 2026 yil saylovlari ortidan Starmerning kelajagi katta sinov ostida qolishi mumkin.

Kir Starmer iste’fosi muhokamada: leyboristlar partiyasida ichki bosim kuchaymoqda
Britaniya OAV xabarlariga ko‘ra, Leyboristlar partiyasidagi ayrim ta’sirli deputatlar Starmerni lavozimdan chetlatish ehtimoli haqida jiddiy mulohaza yuritmoqda. SkyNews manbasiga ko‘ra, ikki yirik deputat Starmerga jamoatchilik noroziligi ortishi uning vazifasini xavf ostiga qo‘yayotganini aniq aytgan. Partiyaning diqqat markazida 2026 yil may oyida o‘tadigan Shotlandiya, Uels va London mahalliy saylovlari turibdi. Ularni hukumatga ishonch sinovi sifatida ko‘rishmoqda. SkyNewsning siyosiy tahririyat muovini Sem Kouts so‘zlariga ko‘ra, «partiyaning ayrim guruhlarida norozilik shunchalik yuqoriki, hatto vazirlar ham Starmerning yaqin oylarda iste’foga chiqishi mumkinligini tan olishmoqda». Shu bilan birga, partiya ichidagi inqiroz sharoitida Nayjel Farajning Reform UK partiyasi, ayniqsa Uelsda, tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlov topmoqda. Londonda esa «yashillar» va boshqa so‘l qanot partiyalar Leyboristlarga bosimni kuchaytirmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyidagi qo‘shimcha parlament saylovlarida Nayjel Faraj partiyasi oz farq bilan yangi o‘rinni qo‘lga kiritib, Leyboristlar partiyasi saflarida jiddiy xavotir uyg‘otgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Kir Starmer iste’fosi muhokamada: leyboristlar partiyasida ichki bosim kuchaymoqda | Vaqt.uz