add

Kongoda mis konidagi fojia oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Mamlakatning Lualaba provinsiyasidagi Kalando kon hududida sodir bo‘lgan halokatda o‘nlab konchilar halok bo‘ldi. Voqeada harbiylarning o‘q uzishi bo‘yicha tergov talab qilinmoqda.

Kongoda mis konidagi fojia oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

16-noyabr kuni Kongo Demokratik Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan Kalando mis konida yirik fojia sodir bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, yarim sanoat konidagi ko‘prik qulashi oqibatida avval boshda 30 ga yaqin shaxsning halok bo‘lgani aytilgan bo‘lsa, keyinchalik konchilik agentligi halok bo‘lganlar soni 49 nafarga yetganini ma’lum qildi. Yaralangan 20 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Kongodagi hunarmandchilik va kichik konchilikni qo‘llab-quvvatlash agentligining bildirishicha, voqea joyida navbatchilik qilgan harbiy xizmatchilarning o‘q uzishi odamlar orasida qo‘rquv keltirib chiqargan. Bu paytda konchilar bir-birini bosib ketgan va bu ko‘plab jarohatlar hamda o‘limlarga olib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish tashabbusi ham mustaqil tergov o‘tkazishni talab qildi. Ular harbiylarning harakatlari halokat miqyosi oshishiga ta’sir qilgan yoki qilmaganini aniqlash zarurligini ta’kidladi.

Ichki ishlar vaziri Roy Kaumba televideniyeda qilgan chiqishida 32 nafar konchi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi.

Yuqori xavfli va yetarli jihozlanmagan sharoitda ishlayotgan konchilar chuqur qazish ishlari paytida yil sayin o‘nlab halokatlarga duch keladi. Ushbu fojia ham ana shu tizimli muammolarning navbatdagi talqini sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid