add

Kreml elitalari urushga qarshi, ammo Putinga buni ochiq aytishdan cho‘chishadi — The Washington Post

15.08.2025 | 08:402083

Nashrning yozishicha, Kreml ichidagi manbalariga ko‘ra, Rossiyadagi yuqori lavozimli amaldorlar va siyosiy elita Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Kreml elitalari urushga qarshi, ammo Putinga buni ochiq aytishdan cho‘chishadi — The Washington Post
Rossiya elitalari Ukrainadagi urushdan charchagan, ammo Putindan qo‘rqib, ochiq qarshilik bildirmayapti. Ular ilgarigidek tinch hayotga qaytishni istasa-da, tashqi siyosatdagi «harbiy-vatanparvarlik» kayfiyat faqat qo‘rquv tufayli saqlanmoqda. Manbalardan biri — sobiq kreml amaldori shunday degan: «Hamma Putindan qo‘rqadi. Hech kim murosa haqida gapirishni istamaydi, chunki hammasi o‘zini vatanparvar qilib ko‘rsatishi kerak». Kremlga yaqin bo‘lgan yana bir manba ayrim amaldorlar urushni «sharmandalik» deb hisoblashini va barchasi odatdagi holatga qaytishini istashini aytgan. Unga ko‘ra, 15 avgust kuni Ankorijda bo‘lib o‘tadigan Putin va Donald Tramp sammiti — bu urushni tugatish uchun «oltin imkoniyat». Biroq, sobiq diplomat Boris Bondarev bu uchrashuvni asosan Tramp sanksiyalarini to‘xtatish urinishi, deb baholadi. U Putinning may oyida Tramp talab qilgan oteshkesim bo‘yicha Ukraina bilan Istanbuldagi muzokaralari ham natijasiz yakunlanganini eslatdi. The Guardian manbalari ham sammitdan katta natijalar kutmayapti. Ularga ko‘ra, Putin Ukraina Donetsk va Luhansk oblastlaridan to‘liq voz kechishini va AQSH ularning anneksiyasini tan olishini talab qiladi. Shu bilan birga, Xerson va Zaporijjya ustidan da’volardan voz kechish niyati yo‘q, ammo Sumi va Xarkiv oblastlaridagi bosib olingan kichik hududlarni Kiyevga qaytarishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Kreml elitalari urushga qarshi, ammo Putinga buni ochiq aytishdan cho‘chishadi — The Washington Post | Vaqt.uz