
Londondagi eng tor uy 2 mln dollardan ziyod narxga sotuvga qo‘yildi
23.08.2025 | 22:3028932
Notting Hilldagi bu ikki qavatli tor uyning umumiy maydoni 49 m² bo‘lib, u 1,2 mln funt-sterling narx bilan sotuvga qo‘yildi. Uyda ikki yotoqxona, ikki hojatxona va keng terrasa mavjud.

Londonning keng jamoatchilikka tanish Notting-Hill-Geyt mahallasida joylashgan va hozirda shaharning eng ingichka uyi sifatida tanilgan binoga xaridor izlanmoqda. Uyning eni hammasi bo‘lib 213 santimetrni tashkil etadi va u hozirda 1 mln 195 ming funt-sterling narxda sotuvga qo‘yilgan, deb yozmoqda Britaniyaning Daily star nashri.
Bu 1930-yillarda qurilgan tor uy umumiy 49 metr kvadrat maydonni egallaydi. 1950-yillarda u kosmetik ta’mirdan o‘tkazilib, unga maxsus ruhli yopma, ajoyib vitraj eshik va ajdaho boshi shaklidagi maxsus suv oqar nov kabi bezaklar qo‘shilgan.
Uyda ikkita yotoqxona, ikkita hojatxona va dush xonalari, ochiq rejali oshxona va ovqatlanish maydoni, parket yopilgan pol va dekorativ kamin bor. Ikkinchi qavatda yozgi terrasa va qabulxona joylashgan. Eng yuqori qavatda esa keng oynali ikkinchi yotoqxona va katta vannaxona mavjud.
Bu uy Kensington saroyidan ikki qadam uzoqlikda joylashgani bois, juda boy va nufuzli mijozlar uchun mo‘ljallangan.





