add

Magnus Karlsen ChatGPT'ga qarshi dona surdi

14.07.2025 | 21:209283

Jahon chempioni Magnus Karlsen ChatGPT sun’iy intellekt tizimiga qarshi shaxmat o‘ynadi. Qizig‘i, sun’iy intellekt Karlsenning darajasini ancha past baholadi.

Magnus Karlsen ChatGPT'ga qarshi dona surdi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen ChatGPT'ga qarshi shaxmat o‘yinida yirik hisob bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda u shaxsan ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilgan. Karlsenning so‘zlariga ko‘ra, u safar payti zerikib qolgan va shu bois sun’iy intellekt bilan onlayn shaxmat o‘ynashga qaror qilgan. Natijada 53 yurishdan iborat bo‘lgan partiyada u ChatGPT'ni to‘liq ustunlik bilan yenggan. Grossmeyster aytishiga ko‘ra, o‘yin davomida u birorta ham tosh yo‘qotmagan. Shuningdek, Karlsen ChatGPT'dan shaxsiy o‘yin darajasini baholashni so‘ragan. Chat-bot uning darajasi FIDE yoki USCF reytingi bo‘yicha taxminan 1800–2000 atrofida deb baholagan. Aslida esa Karlsenning rasmiy FIDE reytingi 2839 bo‘lib, bu uni dunyodagi eng kuchli shaxmatchilardan biriga aylantiradi. Shaxmat hamjamiyati va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chat-botning bunday bahosini hazil sifatida qabul qilgan. Bu voqea sun’iy intellektning inson aqlidan ustun emasligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Teglar

Mavzuga oid