add

Mahalladagi soliq inspektorlari samaradorligi 83,8 ballga yetdi

09.10.2025 | 14:009743

2025 yil sentyabr oyida «Mahallalarda soliq organlari faoliyati» axborot tizimi orqali soliq inspektorlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi 83,8 ballga yetdi — bu yildagi eng yuqori natijalardan biri bo‘ldi.

Mahalladagi soliq inspektorlari samaradorligi 83,8 ballga yetdi
O‘zbekistonda mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorlarining sentyabr oyi uchun ish samaradorligi ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi. Davlat soliq xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy KPI ko‘rsatkichi 83,8 ballni tashkil etdi. Bu natija tizimdagi ish samaradorligi va nazorat faoliyatida barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi. Eng yuqori ko‘rsatkichga ega hududlar sirasida Samarqand viloyati — 87,2 foiz, Qashqadaryo — 86,3 foiz va Sirdaryo viloyati — 85,7 foiz bilan peshqadamlik qildi. Shu bilan birga, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham 83 foizdan ortiq samaradorlik qayd etildi. Hisobotga ko‘ra, 90 balldan yuqori natijaga erishgan 747 nafar soliq inspektori (ulardan 249 nafari maksimal — 100 ball to‘plagan) oy yakuni bo‘yicha rag‘batlantirish uchun tavsiya qilindi. Shuningdek, 55–90 ball orasida baholanganlar soni 3 301 nafarni, 55 balldan past ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar esa 243 nafarni tashkil qildi. Ma’lumot uchun, «Mahallabay» tizimi orqali hozirda mamlakat bo‘ylab 9 453 ta mahallada jami 4 291 nafar soliq inspektori faoliyat yuritmoqda. Tizim soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish va mahalladagi iqtisodiy faollikni qonuniy asosda nazorat qilishga xizmat qilmoqda. Iyul oyida mumiy KPI ko‘rsatkichi 67,7 ballni tashkil etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Mahalladagi soliq inspektorlari samaradorligi 83,8 ballga yetdi | Vaqt.uz