add

Margarita Simonyanning eri Tigran Keosayan komadan chiqmasdan vafot etdi

26.09.2025 | 16:4319764

Kreml manfaatlariga xizmat qilib kelgan taniqli teleboshlovchi Tigran Keosayan uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumdi. Rossiyalik jurnalist Margarita Simonyan uch farzand bilan beva qoldi.

Margarita Simonyanning eri Tigran Keosayan komadan chiqmasdan vafot etdi
Teleboshlovchi va rejissyor Tigran Keosayan hayotdan ko‘z yumdi. Uning yuragi uzoq vaqt davom etgan og‘ir kasallikdan keyin to‘xtagani haqida ma’lum qilindi. Vrachlar uning holatini barqarorlashtirish uchun bor kuchini ishlatishgan, ammo organizm kasallik oldida ojiz qolgan. Margarita Simonyan turmush o‘rtog‘ining vafotini shaxsan tasdiqladi. U o‘zining Telegram sahifasida: «Bugun tunda Tigran Yaratgan huzuriga ketdi», — deb yozdi. Jurnalistka motamga cho‘mganini va hozir og‘ir holatda ekanini bildirdi. Keosayanning og‘ir ahvoli haqidagi xabarlar shu yilning 8 yanvar kuni paydo bo‘lgan edi. U shunda klinik o‘limni boshidan kechirib, komaga tushgani aytilgan. Simonyan barcha davr mobaynida uning yonida bo‘lib, mo‘’jizaga umid qilgan. «Yuragi yillar davomida og‘ir kasal edi. Iltimos, uni yaxshi ko‘rganlar duo qilsin», — deb murojaat qilgan edi u. Ma’lumotlarga ko‘ra, Keosayanning o‘limiga asosiy sabab sifatida o‘tkir yurak yetishmovchiligi ko‘rsatilmoqda. U vafot etganida 13 yildan beri Simonyan bilan birga yashab kelardi. Ular 2012 yildan buyon birga turmush kechirib, 2022 yilda rasmiy ravishda nikohdan o‘tgan edi. Oilada uch farzand — Maryana, Maro va Bagrat katta bo‘lmoqda. Keosayan avval aktrisa Alyona Xmelnitskaya bilan nikohda bo‘lib, undan ikki qizi — Aleksandra va Kseniya qolgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Margarita Simonyanning o‘zi ham ko‘krak bezi saratoniga chalingani haqida ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid